09:01 / 17.10.2015
6039

Rossiya mudofaa vazirligi: IShID YeI va MDHga qarab kengaymoqda

Rossiya mudofaa vazirining o‘rinbosari Anatoliy Antonovning ta'kidlashicha, IShID terrorchi guruhi o‘z ekspansiyasini Yevropa, Rossiya, Markaziy va Janubi-Sharqiy Osiyo tomonga kengaytirmoqda, Afg‘onistondan esa MDH va Xitoyga kirish yo‘li sifatida foydalanishi mumkin. Bu haqda RIA Novosti ma'lumot bermoqda.

Antonov xavfsizlik bo‘yicha oltinchi Syanshan forumidagi chiqishida IShID barqaror daromad manbai va yaxshi ta'minlangan armiyaga ega ekanligini ta'kidlab o‘tdi.

Top