14:23 / 17.10.2015
4356

Rossiya mudofaa vazirligi: Suriya bo‘yicha hujjatning imzolanishi AQSh va Rossiya hamkorligini kengaytiradi

Rossiya mudofaa vazirining o‘rinbosari Anatoliy Antonovning ta'kidlashicha, Suriya havo hududidagi parvozlar xavfsizligi yuzasidan o‘zaro tushunish memorandumining imzolanishi Rossiya va AQShga hamkorlik qilish imkonini beradi. Bu haqda RIA Novosti ma'lumot bermoqda.

Antonov xavfsizlik bo‘yicha oltinchi Syanshan forumidagi chiqishida ushbu memorandumga Suriyada harbiy operatsiyalar o‘tkazayotgan barcha davlatlar qo‘shilishiga umid bildirib o‘tdi.
Ta'kidlanishicha, ish o‘n kundan buyon olib borilmoqda va nihoyasiga yaqinlashib qolgan.

Top