00:26 / 17.10.2015
4314

Saudiya Arabistoni politsiyasi masjidda otishma uyushtirgan erkakni yo‘q qildi

Saudiya Arabistoni politsiyasi 16 oktabr kuni shialar masjidiga qarata o‘t ochgan erkakni yo‘q qildi, deya xabar bermoqda Reuters.

Voqea mamlakatning g‘arbiy sohillarida joylashgan masjidlardan birida yuz berdi. Yigirma yoshlardagi yigit, politsiya uni nazorat uchun to‘xtatganida o‘q otishni boshlagan.
Natijada bir necha kishi jarohatlangan, yigitning o‘zi esa politsiya tomonidan otib o‘ldirilgan.

Top