Suriyaning Rakka viloyati sharqida IShID terrorchilik tashkilotining 30 nafar jangarisi yo‘q qilindi, deya ma'lum qilmoqda Suriya arab respublikasi brigada generali Ali Mayxub.
"Harbiy havo kuchlarining Al-Mari'i va Deyr az-Zor aerodromidan sharqdagi terrorchilar guruhiga bergan aviazarbasi tufayli o‘nlab jangarilar yo‘q qilindi va jarohat oldi. Rakka viloyatining sharqidagi aviazarbalar tufayli esa 30 nafar terrorchi yo‘q qilingan ", — dedi Mayxub.
Avvalroq Rossiya bosh shtabi Suriya armiyasi keng miqyosli yurish boshlagani haqda xabar bergan edi.