16:07 / 17.10.2015
3075

Turkiya qirg‘oqlari yaqinida 12 qochqin cho‘kib ketdi

Egey dengizida, Turkiyaning Chanoqqal'a viloyatida, Ayvajiq shahri qirg‘oqlarida muhojirlarni olib ketayotgan qayiq ag‘darilib ketdi. Buning oqibatida 12 kishi halok bo‘ldi, deb xabar beradi Posta nashri.

Qayiq ichida jami 50 kishi bor edi. Ular Gretsiyaning Lesbos oroliga yaqinlashayotgan edi. Halokatga uchragan muhojirlar tomonidan chaqirilgan qirg‘oq qorovuli xodimlari 25 nafar odamni qutqarishga ulgurdi.

Top