06:00 / 18.10.2015
4333

AQShda yuzlab avtomobil loyda botib qolib, yo‘ldagi harakatni to‘xtatib qo‘ydi

AQShning Janubiy Kaliforniya hududida yuzlab avtomobil bo‘ron va kuchli jalalalar oqibatida yuzaga kelgan loy oqimida botib qoldi, deb xabar bermoqda FoxNews telekanali.   

Eng katta talofatlar Los-Andjyeles okrugidagi Antilopalar vodiysiga to‘g‘ri keldi. Bu yerda ba'zi hududlarda harakat deyarli to‘liq to‘xtab qoldi. 

Sel oqishi oqibatida loy, tosh va ahlatdan iborat qatlam qalinligi trassada 1,8 metrni tashkil qilmoqda. Jabrlanganlar va qurbonlar haqida ma'lumotlar yo‘q.

Hukumatning baholashicha, tabiiy ofat oqibatlarini bartaraf etish uchun bir necha kun talab qilinishi mumkin.

Top