09:28 / 18.10.2015
13267

Foto: “Nafas oluvchi” osmono‘par

PNC moliyaviy kompaniyasi Pittsburg markazida elektr quvvatisiz ventilatsiya qiluvchi 33 qavatli bino qurdi. Bu haqda Fast Company ma'lum qilmoqda.

Fast Company ning fikricha Pittsburg markazida qurilayotgan ushbu inshoot jahondagi eng “yashil” bino bo‘ladi. U binoni elektr quvvatisiz nafaqat chiroqlarni, balki vetelatsion tizimni ham ta'minlay oladi.

PNC ning ikki qavatli old qismi o‘zi avtomatik tarzda ochiladigan, uncha katta bo‘lmagan derazalar bilan qoplangan. Derazalar bino ichini sovutish zarur bo‘lgan hollarda avtomatik ravishda ochilib, yopiladi.

Binoning ichki qurilmalari ham maksimal darajada sovutish uchun mo‘ljallangan. Kunning issiq paytlarida maxsus o‘rnatilgan ququrlar orqali ichkaridagi issiq havo tashqariga chiqib ketadi hamda uning o‘rniga salqin havo kiradi. Shu ma'noda muhandislar ushbu qurilmalarni elektr quvvatisiz ishlaydigan qilib qurishgan.

Qish vaqtida esa tom qizitiladi va u orqali bino ichiga issiq havo oqimi kirib keladi. O‘rtasida ozroq joy qoldirilgan ikki qavatli derazalar esa xonalardagi iliq havoni ushlab turishga xizmat qiladi.

Muhandislarning so‘zlariga ko‘ra, ular bino ochilishidan so‘ng, qurilmalarni ishlatib ko‘rishganida, ular o‘ylagandan ko‘ra tezroq ishlagan. Issiq kunlarda u bir daqiqa ichida butun bino ichini salqin qilgan.

Binoning tashqi ko‘rinishi ham kunduzi quyosh nuridan asrovchi, tunda ochib qo‘yiluvchi avtomatik pardalardan iborat. Ofisning 95 foiz qismi quyosh nuridan bahramand bo‘lishi mumkin. lampochkalar qachonki tashqarida butunlay qoroni tushgach, avtomatik ravishda yonadi. 

Bundan tashqari, binoda suv tozalaydigan maxsus qurilma bo‘lib, u yomg‘ir suvlarini tozalab, foydalanishga yaroqli etib qo‘yadi.

Top