10:36 / 18.10.2015
5555

Hamid Karzay: xorijiy qo‘shinlarning Afg‘onistonda turishi terrorchilikning kuchayishiga olib keldi

Afg‘onistonning sobiq prezidenti Hamid Karzay mamlakatda xorijiy qo‘shinlarning bo‘lishi faqatgina terrorchilikni kuchaytirganligini ta'kidladi.
AQSh prezidenti Barak Obama yaqinda o‘z qo‘shinlarini Afg‘onistonda 2016 yildan keyinga ham qoldirishi mumkinligini aytib o‘tdi. 2016 yil oxiriga qadar bu yerda 9.8 ming harbiy qoladi, keyinchalik kontingent miqdori 5.5 ming kishiga qisqartiriladi.
“Afg‘oniston xalqi 14 yil muqaddam terrorchilikning yo‘q qilinishi va mintaqada tinchlik o‘rnatilishiga umid qilib xorijlik askarlarni kiritishga rozi bo‘ldi. Ammo ularning bu yerda turishi nafaqat terrorchilikni yo‘q qilmadi, balki uning kuchayishiga olib keldi”, - dedi Karzay Khaama Press agentligiga bergan intervyusida.

Top