17:29 / 18.10.2015
9273

IShID “Jabhat an-Nusra”ga qarshi uchta terakt sodir etdi

IShID guruhi jangarilari Idlib atrofida “Jabhat an-Nusra” guruhiga qarshi uchta terakt sodir etgani Suriyadagi turli radikal kuchlar o‘rtasidagi qarama-qarshiliklarning kuchayib borayotganidan dalolatdir. Bu haqda Rossiya mudofaa vazirligining rasmiy vakili Igor Konashenkov bayonot berdi.

“Turli terrorchi guruhlar o‘rtasidagi qarama-qarshiliklar o‘sib bormoqda, bunda asosan hudud va pul oqimlarini talashish birinchi o‘ringa chiqmoqda. Radiouzatmalarga tayanadigan bo‘lsak, Idlib shahri atrofida IShID “Jabhat an-Nusra” guruhiga qarshi portlovchi uskunalar o‘rnatilgan avtomobillar yordamida uchta terakt o‘tkazgan”, - dedi u.
Shuningdek, Idlib va Xama viloyatida har ikki guruh rahbarlari erkaklarni safarbar qilish uchun ularning oilalariga tahdid solmoqda.

Top