18:04 / 18.10.2015
4529

Isroilda 3 nafar falastinlik otib tashlandi

Xevron shahrida yana 3 nafar falastinlik otib tashlandi. Bu haqda GulfNews nashri xabar bermoqda.

Aytilishicha, oktabr oyining boshidan beri avj olgan to‘polonlarda 40 nafar falastinlik, 7 nafar isroillik halok bo‘lgan. Bugun halok bo‘lgan falastinliklar, Isroil vakillarining ta'kidlashicha, politsiyaga hujum qilgan paytda o‘ldirilgan.

Diniy kelishmovchiliklar natijasida alangalanib ketgan nizo butun dunyoni tashvishga solmoqda. Oy boshida yahudiylar yangi yilining nishonlanishi munosabati bilan Ibodatxona tog‘i musulmonlar uchun vaqtinchalik yopib qo‘yilgan edi. U yerda al-Aqso masjidi joylashgani tufayli bu musulmonlarning noroziligini keltirib chiqardi. Natijada ikki o‘rtada nizo avj oldi.

AQSh prezidenti Barak Obama nizoni tezda hal qilishga chaqirib Isroil hukumatiga murojaat qildi.

Ba'zilar bu voqeani Falastin intifodasi (isyoni) bilan qiyoslamoqda. 1987-1993 va 2000-2005 yillarda bo‘lgan bu voqealar oqibatida minglab odamlar halok bo‘lgan edi.

Top