23:21 / 18.10.2015
10300

KUN.UZ dayjesti: Haftaning eng muhokamabop xabarlari (12-18 oktabr)

Hurmatli o‘quvchilar, tugayotgan haftada (12-18 oktabr) ro‘y bergan eng muhokamabop xabarlarini takroran havola etamiz.

Qirg‘izistonda besh oylik qizaloq ochlik sababli olamdan o‘tdi>>

Qirg‘izistonning Issiq-Ko‘l tumanida 5 oylik qiz ochlikdan vafot etdi. Bu haqda Turmush huquqni muhofaza qilish organlari ma'lumotiga asoslanib xabar berdi

O‘zbekiston fuqarosi “Tvitter” orqali IShID qo‘lidan qutqarilishini so‘ramoqda>>

8 oktabr kuni O‘zbekiston fuqarosi “Tvitter” orqali bir necha marotaba IShID qo‘lidan qutqarishlarini so‘rab murojaat qildi. O‘zining ma'lum qilishicha, yigit hamyurtlari tomonidan aldov yo‘llari orqali IShID jangarilariga sotib yuborilgan va agarda hech kim yordamga kelmasa, uni o‘ldirib yuborishadi.

Xitoyda aqliy xasta ayollarni sotib kelgan erkaklar qo‘lga olindi>>

Xitoyda aqliy xasta ayollarni sotib olib, ularni turli hududlarda sotib kelgan bir guruh odamfurushlar qo‘lga olindi. The South China Morning Post nashrining yozishicha, jinoyatchilar asiralarini cho‘chqaxonada saqlab kelishgan.

Moskvada "Dosent" haykalini o‘g‘irlab ketgan shaxslar o‘zbekistonliklar ekani ma'lum bo‘ldi>>

Avvalroq marhum sovet aktyori Yevgeniy Leonovning mashhur “Omadli jyentlmenlar” kinokomediyasidagi Dosent laqabli bosh jinoyatchi obrazida ishlangan, Moskvadagi Mosfilm ko‘chasidagi haykali o‘g‘irlab ketilgani ma'lum qilingandi.

2015 yilda 600 ming nafardan ziyod kishi dengiz orqali Yevropa Ittifoqiga kirib keldi>>

600 mingdan ziyod kishi dengiz yo‘llari orqali Yevropa mamlakatlariga kirib keldi, deya xabar tarqatdi Migratsiya masalalari bo‘yicha xalqaro agentlik.

Falastinliklar Yusuf payg‘ambarga tegishli deya hisoblanuvchi qabrni yoqib yuborishdi>>

Isroilning Haaretz agentligi 16 oktabr kuniga o‘tar kechasi falastinliklar Iordan daryosining g‘arbiy qirg‘og‘ida joylashgan Nablus shahri yaqinidagi Yusuf payg‘ambarga tegishli deya hisoblanuvchi qabrni Molotov kokteyli yordamida yoqib yubordi, deya xabar tarqatdi.

13 yoshli qiz Qozog‘istondagi eng yosh onaga aylandi>>

Har yili Qozog‘istonda 3 ming nafarga yaqin voyaga yetmagan qizlar turmush quradi. 2015 yil birinchi yarimyilligida shifokorlar qariyb 2,5 ming holatda 18 yoshga to‘lmaganlarning homiladorligini qayd etishdi, ularning eng yoshi 13ga kirgan.

Qirg‘izistonlik “yig‘layotgan shahid”ning qarindoshlari farzandlarining yaxshi inson bo‘lganini ta'kidlashdi>>

“Yig‘layotgan shahid”ning qo‘poruvchilikni amalga oshirishga yo‘l olayotgani qayd qilingan videolavha butun dunyoni larzaga soldi. Qirg‘izistonning kichik bir shahrida esa videoni ko‘rganlar uning “qahramon”iga qo‘shilib yig‘lashdi – marhum terrorchi ularning jigari bo‘lib chiqdi.

O‘zbekistonda IShID yollovchisi qo‘lga olindi>>

Turli aldov yo‘llari bilan ayrim yurtdoshlarimiz IShID terroristik guruhi safiga qo‘shilib qolmoqda. Shahrisabz tumanidan Nodir va Nurbek Jovliyev, kosonlik Abror Berdiyev ham shular jumlasidan.

Sankt-Peterburgda haydovchi piyodani anhorga otib yubordi>>

Sankt-Peterburgning tarixiy joylaridan birida haydovchi va piyoda o‘rtasida qarama-qarshilik kelib chiqdi. Bu haqda voqea guvohi bo‘lgan va ushbu jarayonning videosini olib, ijtimoiy tarmoqlardan biriga joylagan manbaa ma'lum qilmoqda.

Daniyadagi hayvonot bog‘ida sherni bolalar ko‘z o‘ngida tilkalashdi>>

Daniyaning Odense shahridagi hayvonot bog‘ida kuppa kunduzi sher murdasini so‘yib, bo‘laklarga ajratishdi. Bu haqda Daily Mail nashri xabar bergan.

Samarqandda Spark yangi mashinalar olib ketayotgan avtovozga urilishi oqibatida bir necha yangi mashina yonib ketdi>>

17 oktabrda Samarqand shahrining Mirzo Ulug‘bek ko‘chasida gaz balloni o‘rnatilgan Spark avtomobili avtomobil tashuvchi mashinaning orqasiga borib urilgan. Voqea joyidan olingan suratlar feysbukda “Voditeli Tashkenta” guruhi foydalanuvchilari tomonidan joylashtirilgan. 

Shri-Lanka politsiyasi qizi qafasda tutgan erkakni qutqardi>>

Shri-Lanka politsiyasi qizi qafasda tutgan erkakni qutqardi. Bu haqda Emirates247.com nashri xabar berdi.

Shahrisabzlik bezori bir kechada 3 kishini pichoqladi>>

Shahrisabz shahrida istiqomat qiluvchi, muqaddam qasddan odam o‘ldirishda ayblanib qamalib chiqqan Suhrob Boboqulov bir kechada 3 kishini pichoqladi. “Huquq” gazetasining yozishicha, jabrlanuvchilarning barchasi tirik qolgan.

Peterburgda tojikistonlik ayoldan tortib olingan go‘dak olamdan o‘tdi>>

Peterburgda tojikistonlik ayoldan tortib olingan go‘dak olamdan o‘tdi. Bu haqda AsiaPlus nashri yozmoqda.

“Vazir bo‘lsam, seni otib tashlayman”: Nikolay Lukashenko haqida nima bilamiz?>>

2015 yilning 11 oktabr kuni Belarusda navbatdagi prezident saylovlari bo‘lib o‘tdi. Aleksandr Lukashenko yana prezident etib saylandi. U mazkur lavozimga 1994 yilda ilk marotoba kelgan.

Maxsus xizmatlar foydalanuvchilarni veb-kameralar orqali kuzatadilar>>

Internetning istalgan foydalanuvchisini telefon orqali tinglash, statsionar kompyuterning veb-kamerasi orqali kuzatish mumkin, deb aytdi axborot texnologiyalari sohasi mutaxassisi Aleksandr Galata “Sputnik Moldova” nashriga bergan intervyusida.

Top