19:27 / 18.10.2015
3571

Merkel Germaniya Turkiyaning Yevropa Ittifoqiga kirishida ko‘mak berishga tayyorligini ma'lum qildi

Germaniya kansleri Angela Merkel Berlin Turkiyaning Yevropa Ittifoqiga kirishi jarayonini tezlashtirishga ko‘mak berishga tayyorligini ma'lum qildi, deb xabar bermoqda Reuters axborot agentligi.

Bu haqda Merkel Istanbulda Turkiya bosh vaziri Ahmet Dovudo‘g‘lu bilan uchrashuv yakunlariga bag‘ishlangan matbuot-anjumanida aytib o‘tdi.

Qayd etilishicha, tomonlar Germaniya va Turkiya o‘rtasida vizalarning bekor qilinishi masalasida anchagina rivojlanish borligini ta'kidlab o‘tdilar.

Avvalroq Yevropa Ittifoqi mamlakatlari Turkiyaga o‘z hududida suriyalik muhojirlarni to‘xtatib turish uchun 3 mlrd yevro ajratish imkoniyatini ko‘rayotganlari ma'lum qilingandi. Bu haqda Germaniya kansleri Angela Merkel Anqara bilan hamkorlik masalasi muhokama qilingan Yevropa Ittifoqi sammitidan keyin aytib o‘tgandi. Merkelning aytishicha, Yevropa davlatlari yetakchilari Turkiyaning Yevropa Ittifoqiga kirishi jarayonini faollashtirishga kelishib oldilar.

Top