18:30 / 18.10.2015
4058

Parijda maxsus operatsiya chog‘ida 7 tonna gashish topildi

Fransiya politsiyasi Parijda o‘tkazilgan tekshiruv chog‘ida 7 tonnadan ortiq gashish topdi. Bu haqda mamlakat IIV xabar berdi.

Oxirgi yil ichida bu mamlakatda topilgan eng katta gashish partiyasi bo‘ldi. Bundan tashqari, bu poytaxtda ushlangan eng katta partiya bo‘ldi.

Aytilishicha, giyohvand modda Sena daryosining o‘ng qirg‘og‘idagi XVI okrugda turgan uchta miniven ichidan topilgan.

Top