15:52 / 18.10.2015
9088

Quvayt 9 oy ichida 20 ming xorijlikni deportatsiya qildi

Quvaytda joriy yilning 9 oyi ichida 20 ming xorij fuqarosi deportatsiya qilindi. Bu haqda GulfNews nashri xabar berdi.
Aytilishicha, ularning aksariyat qismi mamlakatda ishlash va savdo qilish qonunlarini buzgan.
“Mamlakatdan chiqarib yuborilganlar turli millatlar vakillaridir. Ular orasida ishsizlar, nomuntazam ishchilar, tilanchilar, spirtli ichimlik sotilishiga aloqadorlar, axloqsizlikda gumon qilinganlar bor”, - deyiladi Al Seyassah nashrida.
Shuningdek, yana 7 ming muhojir deportatsiyani kutib turganligi xabar qilindi. Barcha hujjat ishlari yakunlanishi bilan ular mamlakatdan chiqarib yuboriladi.

Top