15:23 / 18.10.2015
3146

Rojye Federer Shanxaydagi turnir ishtirokchilarini Figaliciouse pitssasi bilan mehmon qildi

Jahonning sobiq birinchi raketkasi, Katta dubulg‘a turnirlarining 17 karra g‘olibi, 34 yoshli shveysariyalik sportchi Rojye Federer, Shanxayda o‘tkazilayotgan musobaqaning birinchi turida kutilmaganda chiqib ketganiga qaramay, o‘yinchilar uchun mo‘ljallangan restoran mijozlariga pitssa tayyorlab berishga ulgurdi.
“Bir yil muqaddam menga aytishgan edi: agar yutsang, o‘z retsepting bo‘yicha pitssa tayyorlab berasan, uni o‘yinchilar restoranida dasturxonga tortishadi. Bu yerda odatda an'anaviy taomlar hozirlanadi, men esa yoqtirganimni taklif qildim – anjir, rukkola salati, proshutto, smetana va, agar yoqsa, ko‘p-ko‘p motsarella. Siz buni albatta tatib ko‘rishingiz kerak!”, - dedi u matbuot anjumani chog‘ida.
So‘ng u tayyorlagan pitssaning nomi Fedeliciouse emas, Figaliciouse (inglizchasiga anjir) ekanligini ta'kidladi.

Top