19:51 / 18.10.2015
25403

Samarqandda Spark yangi mashinalar olib ketayotgan avtovozga urilishi oqibatida bir necha yangi mashina yonib ketdi

17 oktabrda Samarqand shahrining Mirzo Ulug‘bek ko‘chasida gaz balloni o‘rnatilgan Spark avtomobili avtomobil tashuvchi mashinaning orqasiga borib urilgan. Voqea joyidan olingan suratlar feysbukda “Voditeli Tashkenta” guruhi foydalanuvchilari tomonidan joylashtirilgan.
Yuk mashinasi yettita “Kobalt” va bitta “Neksiya” avtomobilini olib ketayotgan bo‘lgan.
Guvohlarning aytishicha to‘qnashuv oqibatida yong‘in chiqqan hamda avval Spark mashinasi yonib ketgan, so‘ngra yong‘in yuk mashinasidagi yangi mashinalarga o‘tgan. Natijada 3 ta yangi “Kobalt” va ”Neksiya” mashinasi alanga ichida qolgan.

Voqeaning qolgan tafsilotlari keltirilmayapti.

Top