12:47 / 18.10.2015
3768

Saudiya koalitsiyasiga sudanlik jangchilar qo‘shildi

Yamanda harbiy operatsiya olib borayotgan Saudiya Arabistoni boshchiligidagi koalitsiya ixtiyoriga 300 nafar sudanlik harbiy xizmatchi kelib qo‘shildi. Bu haqda BAAning Al Bayan nashri xabar bermoqda.
Aytilishicha, Sudan kontingenti Yamanga yetib kelgan.
“Askarlar hozir Yamanda. Ular koalitsiya tarkibiga qo‘shilib, xusiylar to‘ntarishidan so‘ng yuzaga kelgan qonunsizlikni bartaraf qilish hamda sobiq prezident Ali Abdulla Solihning tarafdorlariga qarshi turishda ishtirok etishadi”, - deyiladi bayonotda.

Top