17:27 / 18.10.2015
4558

Saudiya vakili: O‘zbekiston bilan aloqalarni rivojlantirishga barcha sharoitlar bor

O‘zbekistonning yarmarka va forumlar tashkil qilishdagi faolligi, shuningdek, uning chet eldagi mana shunday tadbirlardagi faolligi ishbilarmon jamoalarning qiziqishini uyg‘otmoqda. Bu haqda Jidda shahri Savdo-sanoat palatasi raisi o‘rinbosari Ziyod Bassom bayonot berdi.

“Jidda shahri Savdo-sanoat palatasi va Saudiya Arabistoni ishbilarmonlari ikki tomonlama savdo-iqtisodiy aloqalarni rivojlantirishga qiziqmoqdalar. Bunda turli sohalardagi aloqalarni mustahkamlash ko‘zda tutilmoqda”, - uning so‘zlarini keltiradi “Jahon” agentligi.

“O‘zbekiston katta iqtisodiy imkoniyatlar mamlakatidir, u tabiiy va mineral resurslarga boydir. Respublika paxta yetishtirish bo‘yicha beshinchi, eksport qilish bo‘yicha to‘rtinchi, oltin va gaz qazib olish bo‘yicha esa yettinchi va sakkizinchi o‘rinda turadi”, - qo‘shimcha qildi Saudiya vakili.

Top