14:06 / 18.10.2015
4030

Si Tszinpin: XXR “xalqaro jandarm” bo‘lishni istamaydi

Buyuk Britaniyaga tashrifi arafasida XXR raisi Si Tszinpin Xitoy AQSh bilan “xalqaro jandarm” roli uchun kurashishni niyat qilmayotganini ta'kidladi. Uning so‘zlariga qaraganda, Xitoy butun dunyoda hamkorlikning harakatlantiruvchi kuchiga aylanadi.
Reuters agentligiga bergan intervyusida Xitoy yetakchisi uning mamlakati faqat mudofaaga urg‘u berishini ta'kidladi.
“Xitoy “xalqaro jandarm” bo‘lish uchun yoki birovning o‘rnini egallash uchun rivojlanish va tinchlik yo‘lidagi harakatlarini kuchaytirmayapti, - dedi u. – Biz har qanday davlatning muammolari o‘z xalqi tomonidan hal qilinishi lozim, deb hisoblaganmiz, barcha davlatlarning xalqlari bilan maslahatlashish esa mumkin”.
Xitoy rahbarining Buyuk Britaniyaga rasmiy tashrifi ertaga, 19 oktabr kuni boshlanadi.

Top