14:15 / 18.10.2015
2864

Toshkentda “yashil” investitsiyalar muhokama qilindi

Toshkentda Markaziy va Sharqiy Yevropa, Kavkaz va Markaziy Osiyo mamlakatlari uchun atrof muhitni muhofaza qilish harakat dasturini amalga oshirish bo‘yicha maxsus ishchi guruhning yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Tadbir tashkilotchilari tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasi hamda iqtisodiy hamkorlik va rivojlanish tashkiloti bo‘ldi.
Tadbirda “yashil” investitsiyalarni moliyalashtirish va kreditlashni rivojlantirish, ekologik xavfsizlik talablariga javob beradigan mahsulotlar ishlab chiqarishni kuchaytirish uchun bozorda zaruriy shart-sharoitlarni yaratish, suv ta'minotining barqaror tizimlarini ishlab chiqish singari masalalar kun tartibida bo‘ldi.
Markaziy va Sharqiy Yevropa, Kavkaz va Markaziy Osiyo mamlakatlari uchun atrof muhitni muhofaza qilish harakat dasturini amalga oshirish bo‘yicha maxsus ishchi guruh 1993 yili tashkil topgan. O‘zbekiston uning ishida faol qatnashib, “yashil” siyosat tajribasini o‘rganib kelmoqda.
“Pravda Vostoka” nashrining xabar qilishicha, yig‘in ishtirokchilari Orol muammosi bo‘yicha hamkorlikni rivojlantirish borasida o‘z takliflarini berganlar.

Top