09:49 / 18.10.2015
4039

Virgin egasi xastalik uning biznesiga yordam berganini aytdi

Milliarder Richard Brenson o‘z xastaligidan ijobiy tomonda foydalanishni o‘rgangani bois biznesi gullab-yashnayotganini ta'kidladi. Uning so‘zlarini Fortune nashri keltirmoqda.
Virgin Galactic egasi bolalikdagi ta'limni juda qiyin o‘zlashtirganini tan oldi.
“Men disleksiyadan aziyat chekardim. Yozuv taxtasidagi so‘zlar menga tartibsiz harflar yig‘indisiday ko‘rinardi”, - dedi u.
Ta'kidlanishicha, o‘qituvchilar uni erinchoq va aqli past deb baholashgan.
Shunda Brenson xastaligi tufayli o‘zi bajara olmaydigan amallarni boshqalarga topshirishni o‘rgangan.
“Bu men o‘z kompaniyamni bu darajaga olib chiqishimdagi asosiy omillardan biri bo‘lgan”, - ta'kidladi milliarder.

Top