18:22 / 18.10.2015
3680

Volkswagen 40 mlrd yevro jarimaga tortilishi mumkin

Germaniyaning Volkswagen avtokonserniga nisbatan 40 mlrd yevrolik da'vo arizasi kiritilishi mumkin. Bu haqda The Telegraph nashri yozmoqda.

Aytilishicha, da'vo bilan Quinn Emanuel firmasi chiqqan. Ushbu firma shu paytgacha o‘z mijozlari foydasiga jami 50 mlrd dollarlik ishlarni yutib bergan, shuningdek, Google va Sony kompaniyalari, Bentham investitsion guruhi nomidan ish yuritgan.

Ilgariroq avtokonsern YeI davlatlaridan noto‘g‘ri dasturiy ta'minot o‘rnatilgan 8.5 mln avtomobilni chaqirib olgani ma'lum qilingan edi.

Top