08:37 / 19.10.2015
3602

"Borussiya": Mxitaryan xavfsizlik nuqtai nazaridan Ozarbayjonga olib ketilmaydi

Dortmundning "Borussiya" jamoasi ijrochi direktori Xans-Yoaxim Vattske armanistonlik futbolchi Genrix Mxitaryanning "Gabala" jamoasiga qarshi safar uchrashuviga olib borilmasligi va buning sabablari haqida aytib o‘tdi.

"Mxitaryan Ozarbayjonda "Gabala"ga qarshi o‘yinda ishtirok etmaydi. Armaniston va Ozarbayjon o‘rtasidagi siyosiy ziddiyatlar tufayli shunday qarorga keldik. Biz o‘z futbolchilarimizning hayoti xavfsizligi uchun qayg‘uramiz.

O‘tgan yillarda Tog‘li Qorabog‘ga kim borgan bo‘lsa buni yaxshi tushunadi. Ozarbayjonliklar ivg‘ogarlik qilishmoqda.

U yerda xavfsizlik sharoitlari yetarlicha ta'minlanmagan. Agar futbolchi o‘zini qulay his qila olmasa, uning maydonga tushishidan ham foyda yo‘q", deydi Xans-Yoaxim Vattske.

Top