11:00 / 19.10.2015
11912

Buxorolik ayol kelinining gijgijlashi tufayli qizi tomonidan o‘ldirildi

Buxoroning Peshku tumanida mudhish qotillik sodir etildi. Mohigul Avezova o‘z qayinsinglisi Robiya Jabborovani qotillikka undaganlikda ayblanib 15 yilga qamaldi. Yangasining gapiga kirib o‘z onasini o‘ldirgan Robiya esa 7 yilga ozodlikdan mahrum qilindi. Voqea tafsilotlari “Huquq” gazetasida keltirildi.

Aytilishicha, Mohigul Avezova o‘z uyidan qochib kelib, ota-onasining roziligisiz bu xonadonga kelin bo‘lib tushgan. Shu bois qaynonasi Nordona Jabborova bilan kelish olmagan. O‘z navbatida, Nordona 1998 yili tug‘ilgan qizi Robiya bilan ham kelisha olmagan. Oila boshlig‘i Rossiyada ishlagan.

Vaziyatdan foydalangan Mohigul qayinsinglisini qaynonasiga qarshi gijgijlagan. Axiyri ikkalasi qotillik rejasini tuzishgan.

Bir kuni akasining ko‘chaga chiqib ketganidan foydalangan Robiya ish bilan ovora bo‘lib yurgan onasining orqasidan kelib bolta bilan urgan. Bu zarbadan keyin ham ayolning tirikekanligini ko‘rgan qizlar arqon bilan uni bo‘g‘ib o‘ldirishgan. So‘ng jinoyat izlarini berkitish uchun jasadga benzin sepib, yoqib yuborishgan.

Ammo jinoyat shu kunning o‘zidayoq fosh bo‘ldi. Jinoyatchi qizlar sudga tortildi va jazolandi.

Top