10:25 / 19.10.2015
3313

Dehlidagi yong‘in oqibatida 400 ta turar-joy binosi yonib ketdi

Hindiston poytaxti Nyu-Delining shimoli-g‘arbida sodir bo‘lgan yong‘in oqibatida 400 ta turar-joy binosi yonib ketdi, deb yozmoqda Times of India.

Jarohat olgan yoki halok bo‘lganlar haqda aniq ma'lumotlar yo‘q, ammo voqea joyiga 28 ta o‘t o‘chirish mashinasi jalb etilgan.

NDTV ma'lumotiga ko‘ra, vaziyat nazorat ostiga olingan, 250 ta uyning olovi o‘chirilgan.

Top