09:22 / 19.10.2015
3023

Denis Istomin dunyoning 53-raketkasi bo‘lib turibdi

Professional tennischilarning haftalik yangi reytingi e'lon qilindi.

O‘zbekistonning birinchi raqamli tennischisi Denis Istomin o‘tgan haftadagi o‘rniga nisbatan bir yo‘la 14 pog‘ona ko‘tarilib, 53-o‘rinni egallab turibdi. Istomin shanba kuni yakuniga yetgan Toshkent “Chellenjyer” turnirida bosh mukofot bilan birga 125 reyting ochkosini qo‘lga kiritgandi.

O‘zbekistonning ikkinchi raqamli tennischisi Farrux Do‘stov esa 7 pog‘onaga ko‘tarilib, ayni paytda 127-o‘rinni band etgan. Do‘stov o‘tgan hafta Toshkent “Chellenjyer”ida chorak finalga qadar yetib kelgandi.

Dunyo tennischilari reytingini esa hamon katta farq bilan serbiyalik Novak Jokovich boshqarib bormoqda. Ikkinchi o‘ringa britaniyalik Endi Marey ko‘tarilib oldi. Shveytsariyalik Rojyer Federer esa uchinchi o‘ringa pastladi. Fransiyalik Jo-Vilfred Tsonga Shanxay Masters turnirida finalga yetib borgani bois, besh pog‘onaga ko‘tarilib, kuchli o‘ntalikka kirdi.

ATR ReYTINGI:

1 (1) Novak Jokovich (Serbiya) 16785

2 (3) Endi Marrey (Buyuk Britaniya) 8750

3 (2) Rojyer Federer (Shveytsariya) 8430

4 (4) Sten Vavrinka (Shveytsariya) 6630

5 (5) Tomash Berdix (Chexiya) 4840

6 (6) Kei Nisikori (Yaponiya) 4705

7 (7) Rafael Nadal (Ispaniya) 4330

8 (8) David Ferrer (Ispaniya) 3805

9 (9) Milosh Raonich (Kanada) 2820

10 (15) Jo-Vilfred Tsonga (Fransiya) 2590

53 (67). DeNIS ISTOMIN (O‘ZBeKISTON) 825...

127 (134). FARRUX DO‘STOV (O‘ZBeKISTON) 452

Izoh: Qavs ichida tennischilarning o‘tgan haftadagi o‘rni berilgan

Top