18:48 / 19.10.2015
3479

Emomali Rahmon kattalarga yoshlarni ekstremistlardan asrashga uqtirdi

Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon katta avlod vakillarini yoshlarning ekstremistik guruhlarga a'zo bo‘lib qolishidan asrashga jiddiy e'tibor qarashga chaqirdi. Bu haqda News.tj sayti xabar bermoqda.

So‘g‘d viloyatining Istravshan va G‘onch tumanlari aholisi bilan uchrashuv chog‘ida qilgan chiqishida mamlakat rahbari jahonda notinch vaziyat hukm surayotganini eslatib o‘tdi. U odamlarni xushyor bo‘lishga hamda milliy manfaatlarni himoya qilish ishiga qo‘shilishga undadi.

Rahmon aholining progressiv qatlamlari yoshlar bilan ishlashni o‘z ixtiyoriga olishi lozimligini ta'kidladi.

Top