22:08 / 19.10.2015
3846

Eron OPeKni kamroq neft ishlab chiqarishga chaqirdi

OPeKka a'zo mamlakatlar neft ishlab chiqarishni barrelini 70-80 dollar diapozoni atrofida kamaytirishlari kerak. Bu haqda Eron neft vaziri Bidjan Namdar Zangane ma'lumotiga asoslanib, Bloomberg xabar qilmoqda.

Zanganening so‘zlariga ko‘ra, neft narxining tushib ketganidan “hech kim baxtiyor emas”. “OPeK neft mahsulotining xalqaro bozordagi qiymatini nazorat qilishi kerak”, - deb ta'kidlab o‘tgan vazir.

Shu asnoda u 4 dekabr kuni OPeKka a'zo mamlakatlar bosh vazirlari bilan bo‘lib o‘tadigan uchrashuvda shu ma'nodagi masalani ko‘tarib chiqishini ma'lum qilgan.

Top