19:10 / 19.10.2015
4208

Eron Osiyo aksilterror tuzilmasini yaratishni taklif qildi

Eron mudofaa vazirining o‘rinbosari, brigada generali Nasrullo Kalontariy xavfsizlik bo‘yicha 6-Syanshan forumi ishtirokchilarini terrorchilikka qarshi “buyuk Osiyo koalitsiyasi”ni tuzishga chaqirdi.

Kalontariy Pekindagi chiqishida Osiyo terrorchilarning asosiy va ustuvor maqsadi ekanligini ta'kidlab o‘tdi.

“Terrorizm bizning davrimizda global holatga aylanganiga qaramay, u asosan Osiyoni nishonga olgan”, - ta'kidladi u.

“Buyuk Osiyo aksilterror koalitsiyasining tashkil etilishi terrorchilik xavfining yo‘q qilinishida asosiy shart bo‘ladi”, - xulosa qildi amaldor.

Top