15:35 / 19.10.2015
3268

Yevropa tashqi faoliyat xizmati Bosh kotibi O‘zbekistonga keldi

19 oktabr kuni O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov mamlakatimizga tashrif buyurgan Yevropa tashqi faoliyat xizmati Bosh kotibi Alen Le Ruani qabul qildi. Bu haqda O‘zbekiston TIV matbuot xizmati xabar bergan.

Tashqi ishlar vazirligida bo‘lib o‘tgan chrashuvda YeI Delegatsiyasi rahbari, elchi Yuriy Shterk va YeIning Markaziy Osiyo bo‘yicha maxsus vakili Piter Burian ham ishtirok etishdi.

Muloqot davomida siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiya, madaniy-gumanitar va boshqa sohalarda O‘zbekiston va Yevropa Ittifoqi o‘rtasidagi hamkorlikning hozirgi holati hamda uni yanada rivojlantirishning istiqbolli yo‘nalishlari muhokama qilindi.

Shuningdek, Yevropa Ittifoqining Markaziy Osiyo uchun strategiyasi doirasidagi ikki va ko‘p tomonlama loyihalarni amalga oshirish masalalariga alohida e'tibor qaratildi.

Top