18:26 / 19.10.2015
21172

Farg‘ona vodiysida tarixiy obidalar ta'mirlanmoqda

Farg‘ona, Andijon va Namangan viloyatlari mintaqaviy madaniy meros obektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish Davlat inspeksiyasi tomonidan tarixiy obidalarni asrash, restavratsiya qilish hamda ularni kelajak avlodlarga bus-butun yetkazish yo‘lida qator ishlar amalga oshirilmoqda. Bu haqda UzA xabar bergan.

Farg‘ona viloyatida 334 ta madaniy meros obekti mavjud bo‘lib, ularning 179 tasi me'moriy, 113 tasi arxeologik va 42 tasi monumental yodgorliklardir.

Buvayda tumanidagi “Poshsho pirim” va “Bibi Ubayda” maqbaralari davlat muhofazasiga olingan hamda to‘liq ta'mirdan chiqarilib, muhofaza belgilari, yong‘in xavfsizligi anjomlari bilan ta'minlangan.

Top