Fransiya Harbiy-havo kuchlariga tegishli samolyot Rossiya parlamenti vakillari joylashgan samolyotga yaqinlashib, o‘ta xavfli masofadan uchib o‘tdi. Bu haqda Rossiya TIV saytida xabar berilgan.
Shu munosabat bilan Fransiyaning Moskvadagi elchisi Jan-Moris Riper izoh so‘ralib, Rossiya TIV binosiga chaqirilgan.
"19 oktabr kuni Fransiya respublikasining Moskvadagi elchisi Jan-Moris Riper Rossiya Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari A.Yu.Meshkov tomonidan shu kun tongida fransuzlar samolyoti rossiyaliklar delegatsiyasi samolyotiga xavfli darajada yaqinlashgani yuzasidan so‘roq berishi uchun chaqirildi", deyiladi xabarda.