23:25 / 19.10.2015
4066

Fransiya Rossiya samolyotiga Shveytsariya samolyoti yaqinlashganini ta'kidlamoqda

Avvalroq Fransiya harbiy-havo kuchlari samolyoti Rossiya parlamenti delegatsiyasi ketayotgan laynerga xavfli masofaga yaqinlashgani ma'lum qilingandi. Shu munosabat bilan Rossiya Fransiyaning Moskvadagi elchisi Jan-Moris Riperni shu voqea bo‘yicha tushuntirish berishi uchun chaqirtirgan edi.

Parijning ma'lum qilishicha, Rossiya samolyotiga yaqinlashgan samolyot Shveytsariyaga tegishli bo‘lib, voqea esa Fransiyaga tegishli bo‘lmagan hududda sodir bo‘lgan. Bu haqda fransuz harbiylarining matbuot kotibi aytib o‘tdi, deb xabar bermoqda Reuters axborot agentligi.

Top