15:52 / 19.10.2015
7477

Futbol bo‘yicha Angliya chempionati o‘yinlaridan birida hakamning o‘rniga oddiy muxlis ishladi

Angliyaning nufuzi bo‘yicha to‘rtinchi divizioni doirasidagi «Nyuport» — «Portsmut» (0:1) jamoalari o‘rtasidagi uchrashuvda jarohat olgan to‘rtinchi zaxira hakami o‘rnida oddiy futbol muxlisi Mayk Xerdl ishladi. Bu haqda Portsmouth News internet nashri xabar tarqatdi.

Birinchi taym oxirida zaxira hakami jarohat olgan va o‘yinni davom ettira olmagan. Shundan so‘ng stadion suxandoni hakamlikda qobiliyati bor muxlislardan ushbu o‘ringa nomzod zarurligi to‘g‘risida e'lonni o‘qib eshittirgan. So‘rovga «Portsmut» klubi muxlisi Xerdl labbay deb javob qaytargan.

«Nyuport»ga qarshi uchrashuvdan keyin jamoa ustozi Pol Kuk menga qo‘l berib so‘rashdi. U vazifamni uddalaganimni va yaxshi bo‘limni o‘tkazganimni aytdi».

«Uchrashuv asosiy vaqti tugagach, men uch daqiqa qo‘shib berilgani yozilgan tabloni ko‘rsatdim. Bosh hakam nega buncha vaqt qo‘shib berilganini so‘radi. Men har bir o‘yinchi almashtirilishi uchun 30 soniyadan, 6 futbolchi uchun jami 3 daqiqa hisoblaganimni aytdim.

Uyga qaytganimda bu haqda rafiqamga so‘zlab berdim, u esa bunga ishonmadi", deydi ushbu muxlis.

Top