21:25 / 19.10.2015
5213

Ikki yoshi katta erkak yosh yigit tomonidan giyohvandlikka o‘rgatib qo‘yildi

“Darakchi” gazetasi poytaxt Toshkentda sodir bo‘lgan voqea haqida hikoya qilib berdi. Ma'lum bo‘lishicha, yoshgina yigit ikki katta erkakni giyohvand moddalar iste'mol qilishga o‘rgatib qo‘yib, ulardan foydalanib kelgan.
Ibrohim Qarshiboyev dastlab bir o‘zi nasha chekib kelgan. Lekin ishsizlik tufayli narkotik sotib olishga yetarli pul topa olmay qolgan. Shunda u “sherik” qidirishga tushgan. Shu tariqa u Qurbonboy Haydarov va Anvar Akkulovlarni tuzog‘iga ilintirgan.
Kelishuv bo‘yicha, Qarshiboyev ularga narkotik yetkazib berar, buning evaziga Haydarov uni o‘z mashinasida olib yurar, Akkulov esa shaxsiy ustaxonasida yigitga shtat ochib, maosh berib turar edi.
Uch sherikning bunday yurishlar tez orada mahalla ahli ichida gumonlarni keltirib chiqardi. Topshirilgan ariza asosida tegishli tashkilot xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tintuvda har uchala shaxsning yonidan giyohvand moddalar topildi.
Mana shu ashyoviy dalil asosida ularning ishi sudda ko‘rib chiqildi.

Top