20:40 / 19.10.2015
6839

KUN.UZ dayjesti: 19 oktabr, Dunyo xabarlari

Hurmatli o‘quvchilar, e'tiboringizga 19 oktabr kuni jahonda ro‘y bergan eng asosiy yangiliklarni takroran havola etamiz.

Anqaradagi terakt ijrochilaridan birining shaxsi aniqlandi>>

10 oktabr kuni Turkiya poytaxti Anqara shahrida amalga oshirilgan qonli terakt ijrochilaridan birining shaxsi tasdiqlandi. Bu haqda mahalliy "AXaber TV" telekanali orqali Turkiya bosh vaziri Ahmad Dovudo‘g‘lu ma'lum qildi.

Poroshenko Donbassda vaziyat keskinlashsa, BMT tinchlikparvar kuchlarini kiritish masalasiga qaytishini aytdi>>

Ukraina agar Minsk kelishuvlari bajarilmasa, Donbassga BMT tinchlikparvar kuchlarini kiritish masalasiga qaytishi mumkin, deb aytdi Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko. Bu haqda RIA “Novosti” xabar bermoqda.   

Shveytsariya xalq partiyasi parlament saylovlarida yetakchilik qilmoqda>>

Shveytsariya xalq partiyasi 18 oktabrda Shveytsariyada bo‘lib o‘tgan parlament saylovlarida yetakchilik qilmoqda. Bundan saylovning oraliq natijalari va so‘rovnomalarga asoslangan prognozlar darak bermoqda.

Eronda yo‘l-transport hodisasida 20 nafar afg‘on muhojiri halok bo‘ldi>>

Eronda yuz bergan yo‘l-transport hodisasida 20 nafar afg‘onistonlik muhojir halok bo‘ldi, yana 10 nafari jarohat oldi, deb xabar bermoqda Frans Press axborot agentligi.

Jon Kerri Madridga ikki kunlik tashrif bilan keldi>>

AQSh Davlat kotibi Jon Kerri Ispaniya poytaxti Madridga ikki kunlik tashrif bilan keldi.

Jazoirdagi zavod portlashi oqibatida to‘rt kishi halok bo‘ldi>>

Jazoirning Ayn-Delfa shahrida joylashgan portlovchi moddalar milliy boshqarmasiga qarashli bo‘lgan zavodning portlashi oqibatida to‘rt kishi halok bo‘ldi, deb xabar bermoqda Algerie Press Service.

Isroildagi otishma natijasida besh kishi halok bo‘ldi>>

Isroildagi bekatlardan birida falastinliklar, deb gumon qilinayotgan ikki qurollangan shaxs odamlarga qarata o‘q uzgan, deb xabar bermoqda Reuters.

Obama Eronaga qarshi sanksiyalarni olib tashlash jarayonini boshlashga ko‘rsatma berdi>>

AQSh prezidenti Barak Obama Amerikaning Eronga qaratilgan sanksiyalarini olib tashlashning so‘ngi chora-tadbirlarini boshlash haqda ko‘rsatma berdi. Bu haqda NewYorker nashrining muxbiri o‘z tvitterida ma'lum qilgan.

AQSh Yaponiyaga raketalarga qarshi mudofaa tizimiga ega ikkinchi kemani yubordi>>

AQSh Yaponiyaning Yokosuka portiga “Ijis” raketa komplekslariga ega uch kemaning ikkinchisini yo‘lladi. Kyodo agentligining ma'lum qilishicha, qurollar Yaponiyada 2017 yilga qadar joylashtirilishi rejalashtirilgan.

Seul va Pxenyan Koreya urushi davrida bo‘linib ketgan oilalar uchrashuvini o‘tkazishga tayyor>>

Koreya respublikasi va KXDR 1950-1953 yillardagi urushdan so‘ng ajralib ketgan oilalarning navbatdagi raund uchrashuvlarini o‘tkazishga tayyor. Bu haqda 19 oktabr kuni Xalqaro qizil xoch qo‘mitasi vakili ma'lum qildi.

Meksikada suv ostidan 400 yillik cherkov binosi "o‘sib chiqdi">>

Meksika janubida suv ostida 400 yil oldin qurilgan qadimiy cherkov borligi ma'lum bo‘ldi.

Tojikistonda “Zarafshon” oltin korxonasining ikkinchi fabrikasi ochildi>>

Panjakentda “Zarafshon” qo‘shma korxonasining ikkinchi affinaj fabrikasi bir yil ichida qurilib, foydalanishga topshirildi. Uning loyihaviy qiymati 1 mlrd somoniyni tashkil qildi.

Poroshenko Boeing ishidagi “yolg‘on” Rossiya nufuziga barbod qiluvchi zarba berganini aytdi>>

Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko Malayziya samolyotining Donbassda falokatga uchrashi bo‘yicha ishdagi “yolg‘on” Rossiyaning dunyodagi nufuziga barbod qiluvchi zarba berdi, deb aytdi. Bu haqda UNN agentligi ma'lum qildi.

Eron G‘arbni Suriya masalasida reallikni tan olishga chaqirdi>>

G‘arb Suriya ixtilofini bartaraf qilishda reallikni ko‘ra bilishi va tan olishi lozim. Bu haqda Eron tashqi ishlar vazirining o‘rinbosari Husayn Amir Abdullohiyon Yevropa tashqi siyosiy xizmati bosh kotibining siyosiy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari Xelga Shmid bilan bo‘lgan uchrashuvda aytib o‘tdi.

Malayziyaning bir qator shtatlarida maktablar o‘rmon yong‘inlari sababli yopib qo‘yildi>>

Malayziya hukumati qo‘shni Indoneziyadagi o‘rmon yong‘inlari oqibatida ekologik vaziyatning keskin yomonlashgani sababli 2015 yil 19 oktabrdan boshlang‘ich va o‘rta maktablarda mashg‘ulotlarni to‘xtatishga qaror qildi.

OAV: Ukraina telekanallaridan Poroshenko va Putin qo‘l siqishganini ko‘rsatmaslik talab qilindi>>

Ukraina OAVlaridan efirda Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko va Rossiya prezidenti Vladimir Putinning Parijdagi “normand to‘rtligi” uchrashuvida ko‘l siqishganini namoyish qilmaslik talab qilindi, deb xabar berdi “112 Ukraina” telekanalining sobiq prodyuseri Viktor Zubritskiy.  

Germaniya: Turkiya qochqinlarni o‘zida olib qolishi evaziga YeIga a'zo bo‘lish jarayonini tezlashtiradi>>

"Muhojirlarning aksar qismi Turkiyadan qayiqlar orqali YeI hududiga o‘tmoqda", deyiladi Pervyy kanal SNG xabarida.

Xitoy yetakchisi Britaniyaga safarini boshlaydi>>

XXR raisi Si Tszinpin turmush o‘rtog‘i Pen Liyuan hamrohligida 19 oktabr kuni to‘rt kunlik rasmiy tashrif bilan Britaniyaga yo‘l oladi.

AQSh va koalitsiya IShIDning Iroqdagi 17 va Suriyadagi bitta marrasiga zarba berdi>>

AQSh boshchiligidagi koalitsiya IShID terrorchilik guruhining Iroqdagi 17 marrasiga, Suriyadagi esa bir dona marrasiga aviazarbalar berdi, deb ma'lum qilmoqda AQSh havo kuchlarining markaziy qo‘mondonligi.

Yaponiya Mudofaa vazirligi: qiruvchi samolyotlar Rossiya samolyotlarining yo‘lini kesish uchun yarim yilda 108 marta havoga ko‘tarildi>>

Yaponiya mudofaa havo kuchlari qiruvchi samolyotlari joriy yilning aprelidan sentabrigacha bo‘lgan muddat ichida Rossiya samolyotlarining yo‘lini kesish uchun uchun 108 marta havoga ko‘tarildi. Bu haqda Yaponiyaning Mudofaa vazirligi ma'lum qildi.

Rossiya samolyotlari bir kun ichida IShIDning 49 obektini yo‘q qildi>>

Bir sutka ichida Rossiya aviaguruhi bombardimonchilari Suriyada IShIDning 49 obektini yo‘q qildi. Bu haqda Rossiya mudofaa vazirligi rasmiy vakili Igor Konashenkov bayonot berdi.

Sanktsiyalar bekor bo‘lgach, Eron neft ishlab chiqarishni tezkor ravishda oshiradi>>

Eron sanksiyalar bekor bo‘lgan birinchi kundanoq neft qazib chiqarishni bir kunga 500 ming barrelga oshiradi. Bu haqda Eron neft vaziri Bijan Namdar Zangane ma'lum qildi, deb xabar bermoqda TASS.

Rossiya samolyotlari “Jabhat an-Nusra”ning qo‘mondonlik punktini yo‘q qildi>>

Rossiya aviaguruhi bombardimonchilari Suriyaning Idlib viloyatidagi hujumlar chog‘ida “Jabhat an-Nusra” tashkilotining qo‘mondonlik punktini yo‘q qildi. Bu haqda Rossiya mudofaa vazirligi rasmiy vakili Igor Konashenkov bayonot berdi.

Turkiya bosh vaziri: chegarada urib tushirilgan dron Rossiyada ishlab chiqarilgan>>

Turkiya bosh vaziri Ahmad Dovudo‘g‘lu Turkiyaning Suriya bilan chegara qismida urib tushirilgan dron Rossiya tomonidan ishlab chiqarilgan qurilma ekaniga ishonchi komilligini bildirdi. Bu haqda Al Arabiya telekanali xabar berdi.

Makedoniyaga 1 kun ichida 10 ming nafar qochqin kirib keldi>>

Makedoniyaga 18 oktabr kuni 10 nafar atrofidagi qochqin kirib kelgan. Bu haqda mahalliy politsiyaga asoslanib, France 24 kanali xabar bergan.

Turkiya YeI qochqinlar muammosiga yana pul yo‘naltirishiga umid qilmoqda>>

Turkiya prezidenti Ahmat Dovudo‘g‘li YeI rahbariyatiga murojaat qilib, migratsion inqiroz yechimiga ko‘proq pul yo‘naltirishni talab qildi. Bu haqda Reuters agentligi xabar bermoqda.

Top