21:13 / 19.10.2015
7204

KUN.UZ dayjesti: 19 oktabrda ro‘y bergan eng qiziqarli xabarlar

Hurmatli o‘quvchilar, e'tiboringizga 19 oktabr kuni ro‘y bergan eng qiziqarli voqealar haqidagi xabarlarni takroran havola etamiz.

Rossiya filmlaridan birida Olma-Ota Rossiyaning bir qismi deb ataldi>>

Rossiyada ishlangan “Golosa bolshoy strany” filmining treylerida Olma-Ota (Qozog‘iston), Tbilisi (Gruziya), Yerevan (Armaniston) va Minsk (Belarus) Rossiyaning Sankt-Peterburg, Yekaterinburg, Novosibirsk, Krasnodar, Ufa, Perm, Qozon, Nijniy Novgorod va Moskva qatorida “bitta katta davlatning qismlari” deb ataldi.

Nyu-Yorkka ulkan rezina o‘rdak suzib keldi>>

Nyu-Yorkdagi Oyster-Bey bandargohiga ulkan rezina o‘rdak suzib keldi. Mashable nashri xabariga ko‘ra, bu ulkan o‘rdak ustritsalar festivali uchun yasalgan.

NASA Quyoshdagi kuchli portlash tasvirlarini e'lon qildi (VIDeO)>>

Quyoshda 13 oktabr kuni sodir bo‘lgan kuchli portlash NASA rasadxonalari kameralari tomonidan qayd etildi. Olingan tasvirlar asosida ishlab chiqilgan videoyozuv koinot agentligining rasmiy saytiga joylashtirildi.

Finlyandiyada osmondan qulagan 2 kg vaznli baliq tomni teshib, uyga tushdi>>

Finlyandiyaning Sastamala shahrida osmondan tushgan ikki kilogrammli leshch balig‘i xonadon tomini teshib yubordi.

"Dunyoning eng semiz ayoli" 230 kg vazn tashladi>>

Dunyoning eng semiz ayoli deya hisoblanadigan amerikalik Katrina Reydford 230 kg.gacha ozishga ulgurdi. Bu haqda The Huffington Post UK nashri xabar tarqatmoqda.

Fransiya va Italiya novvoylari dunyodagi eng uzun bulochkani tayyorlashdi>>

Frantsuz va italyan novvoylari dunyoning eng uzun bagetini (bulochka) tayyorlashdi. Bu haqda Associated Press axborot agentligi xabar tarqatdi.

Olimlar sutli choyning organizmga zararli ekanini aniqlashdi>>

Kutilmaganda sut solingan choy organizmga salbiy ta'sir ko‘rsatishi aniqlandi, shu sababdan ayniqsa ayollar undan o‘zlarini tiyishlari lozim.

Arzon velosipedida Amerika bo‘ylab sayohat qilgan baqaloq chinakam yulduzga aylandi>>

40 yoshli Erik Xayts o‘z hayotini o‘zgartirish va baxtli bo‘lish uchun harakat qilishga hech qachon kech bo‘lmasligini isbotlab, nafaqat AQSh, balki butun dunyoda mashhurlikka erishdi. U arzon velosiped va mustahkam irodasi evaziga mana shunday shuhratga erishdi.

Stomatologlar Kolaga bo‘lgan muhabbatning oqibatini ko‘rsatdilar>>

Melburnda joylashgan The Royal Dental Hospital klinikasida ishlovchi dantist Sofi Bomont bolalar va o‘smirlar tomonidan Coca-Cola va Pepsi ichimliklarining iste'mol qilinishi keltirib chiqaradigan oqibatlar aks etgan suratlarni chop etdi.

Xitoy chegarasida tanasiga 15ta telefon bog‘lab olgan qozog‘istonlik ayol qo‘lga olindi>>

Qozog‘iston-Xitoy chegarasidan o‘tishda tanasiga 15ta telefon bog‘lab olgan qozog‘istonlik ayol qo‘lga olindi. Bu haqda Zakon.kz nashri xabar bermoqda.

Noma'lum shaxs Kanada lotereyasi tarixidagi eng katta yutuqqa ega bo‘ldi>>

Kanadalik noma'lum shaxs Kanadada o‘ynaladigan Lotto 6/49 lotereyasi tarixidagi eng katta yutuqni qo‘lga kiritdi. Yutuq qiymati 64 mln Kanada dollarini (49,5 mln AQSh dollari) tashkil qildi, deb xabar bermoqda CBC telekanali.

Xitoyda Ginnesning rekordlari kitobiga kiradigan xrizantema o‘stirishdi>>

Kayfen shahrida (Markaziy Xitoy) xrizantemalar oilasiga kiruvchi 641 turni omma e'tiboriga havola etishdi. Inxua agentligining ma'lum qilishicha, o‘simlik payvandlangan holda o‘stirilgan.

Dima Bilan bilan: oligarx Nikolay Sarkisovning rafiqasi mashhur xonandani sotib oldi>>

Rossiyalik oligarx Nikolay Sarkisovning rafiqasi Yuliya qo‘shiqchi Dima Bilan davrasida kechani o‘tkazish huquqi uchun yarim million rubl to‘ladi. Aytilishicha, u model Yelena Perminova o‘tkazgan xayriya kim oshdi savdosida 33 yoshli xonanda bilan uchrashish huquqini sotib olgan.

Top