17:25 / 19.10.2015
3246

Makedoniyaga 1 kun ichida 10 ming nafar qochqin kirib keldi

Makedoniyaga 18 oktabr kuni 10 nafar atrofidagi qochqin kirib kelgan. Bu haqda mahalliy politsiyaga asoslanib, France 24 kanali xabar bergan.

Inson huquqlari bo‘yicha vakillarning aytishicha, Gretsiyadan keluvchi muhojirlarning ulkan oqimini to‘sishning iloji bo‘lmayapti.

Biroz avvalroq, BMT bosh kotibi Pan Gi Mun Suriyadagi mavjud vaziyat tufayli yana 4 mln kishi o‘z uyini tark etib, xorijga ketish xavfi yoqasida turgani haqida ma'lum qilgandi.

Yevrokomissiya qochqinlar muammosi bo‘yicha sarflashi uchun Turkiyaga 1 mlrd, Makedoniyaga esa 700 mln yevro yordam mablag‘i taqdim etishga qaror qilgan.

Top