08:41 / 19.10.2015
2931

Neymar: Xavotirga o‘rin yo‘q, «Barselona» bilan yangi shartnoma imzolayman

«Barselona» jamoasining braziliyalik hujumchisi Neymar jamoa bilan shartnomasini uzaytirishini ta'kidlab o‘tdi.

«Shartnomani uzaytirish bilan bog‘liq jarayon davom etmoqda. Amaldagi shartnomaning yakunlanishiga hal ancha vaqt bor. Men yangi shartnomaga imzo chekaman, xavotir olmang. Muxlislar xotirjam bo‘lishsin», – deydi braziliyalik futbolchi.

Ma'lumot uchun, Neymarning amaldagi shartnomasi 2018 yilning yozida yakuniga yetadi.

Top