07:46 / 19.10.2015
5249

OAV: Ukraina telekanallaridan Poroshenko va Putin qo‘l siqishganini ko‘rsatmaslik talab qilindi

Ukraina OAVlaridan efirda Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko va Rossiya prezidenti Vladimir Putinning Parijdagi “normand to‘rtligi” uchrashuvida ko‘l siqishganini namoyish qilmaslik talab qilindi, deb xabar berdi “112 Ukraina” telekanalining sobiq prodyuseri Viktor Zubritskiy.  

Jurnalistning bu haqdagi feysbukdagi izohi telekanalning rasmiy saytida chop etildi.

“2 oktabrda “normand to‘rtligi”ning Parijdagi sammiti oldidan Poroshenko Putin bilan qo‘l siqishib ko‘rishdi... Poroshenko Putinni qo‘lini siqishga siqdiyu, ukrainaliklar bundan xabar topishidan afsuslana boshladi. Va hayratlanarlisi, Ukrainaning barcha telekanallari bu holatni payqamay qolishgan”, deb yozdi Zubritskiy.

Zubritskiyning aytishicha, efirga tayyorlanish paytida prezident ma'muriyati va “tegishli xizmatlar”dan efirda prezidentlarning qo‘l siqishganini ko‘rsatib bo‘lmaslik borasida qo‘ng‘iroqlar tusha boshlagan. Biroq telekanal buni namoyish qilgan.

Jurnalistning ta'kidlashicha, 16 oktabrda Ukraina sudi Ukraina Jinoyat kodeksining “jinoiy yo‘l bilan olingan daromadlarni qonuniylashtirish moddasi bo‘yicha qo‘zg‘atilgan ish bo‘yicha telekanal ofisida kompyuterlar va raqamli tashuvchilarni musodara qilgan holda tintuv o‘tkazishga ruxsat bergan.

Avvalroq Fransiya prezidenti Fransua Olland o‘zining instagramdagi sahifasida Putin va Poroshenkoning qo‘l siqishgani suratini chop etgani ma'lum qilingandi.

Eslatib o‘tamiz, Vladimir Putin, Fransua Olland, Angela Merkel va Pyotr Poroshenkoning uchrashuvi 2 oktabrda Parijda bo‘lib o‘tgan edi.

Top