O‘tgan hafta O‘zbekistonda 259 yong‘in qayd qilindi. Bu haqda mamlakat o‘t o‘chirish xizmati matbuot bo‘limi xabar bermoqda.
Aytilishicha, turli sabablarga ko‘ra sodir bo‘lgan yong‘inlarda 2 kishi jarohat olgan, 318 mln so‘mlik qurilish materiallari va 1 mlrd so‘mlik moddiy boyliklar olovdan saqlab qolingan.