01:01 / 19.10.2015
3187

O‘zbekistonlik dzyudochi Shahzod Sobirov Parijdagi “Katta dubulg‘a” musobaqasida g‘olib bo‘ldi

Dzyudo bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a'zosi Shahzod Sobirov Parijda bo‘lib o‘tgan “Katta dubulg‘a” seriyasining 3-bosqich musobaqalari g‘olibi bo‘ldi.

Hamyurtimiz 81 kg gacha vazn toifasida chexiyalik Yaromir Musila, vengriyalik Shabolts Krijan, gollandiyalik Frank de Vitani, yarimfinalda mo‘g‘ilistonlik Uuganbatar Otogonbatarni va nihoyat final bahsida rossiyalik Sergey Ryabovni mag‘lub etib, musobaqalarning eng yuqori shohsupasiga ko‘tarildi.

Bu g‘alaba Sobirovga Olimpiya litsenziyasini olish uchun 500 reyting ochkosini qo‘lga kiritishga imkon berdi.

Avvalroq yana bir dzyudochimiz Sharofiddin Lutfullayev (60 kg gacha vazn toifasi) musobaqalarning bronza medali sohibi bo‘lgani ma'lum qilingandi.

O‘zbekiston terma jamoasi umumjamoa hisobida bitta oltin va bitta bronza medalini qo‘lga kiritib, Yaponiya (3 ta oltin, 1 ta kumush, 4 ta bronza), Mo‘g‘iliston (2-1-4), Fransiya (1-2-3), Portugaliyadan (1-0-1) keyin 5-o‘rinni egalladi.

Top