09:09 / 19.10.2015
2788

Parijda uchta yuk mashinasiga yetti tonna marixuana yashirib qo‘yilgani aniqlandi

Frantsuz maxsus xizmati vakillari mamlakat poytaxti Parij shahrining gavjum tumanlaridan biriga qo‘yib ketilgan uchta yuk mashinasida vazni 7 tonna bo‘lgan rekord darajadagi marixuana partiyasi mavjudligini aniqlashdi, deya xabar bermoqda Agence France-Presse.

Xiyobon maydonida bir haftadan ortiqroq muddat qolib ketgan yuk mashinalari haqida mahalliy aholi xabar bergan. Fransiya davlat raqamida bo‘lgan va ijraga olingan to‘rtta yuk mashinasining uchtasida qopchiqlarga solingan giyohvand modda topilgan.

Fransiya giyohvandlikka qarshi kurash muassasasining hisoblashicha, marixuanalar Marokashdan Ispaniya hududi orqali kirib kelgan.

Mamlakat prezidenti Fransua Olland mazkur hodisaga munosabat bildirar ekan, buning Parij shahrida aniqlangan eng yirik partiya ekanini aytib o‘tdi.

Top