11:49 / 19.10.2015
3876

Pastdarg‘omda gaz ta'minotidan 65 mln so‘m qarz bo‘lib qolgan fermer javobgarlikka tortildi

Samarqand viloyat Pastdarg‘omda tumanidagi Go‘zalkent shahrida gaz ta'minotidan 65 mln so‘m qarz bo‘lib qolgan fermer javobgarlikka tortildi. Bu haqda “Huquq” nashri yozmoqda.
Aytilishicha, Abdulla Xushev bir necha yillar muqaddam “Bayot Gulakandoz” fermer xo‘jaligini tashkil qilgan bo‘lib, 138 ga yerga ega bo‘lgan.

Bu yerlarda ish olib borish uchun “Go‘zalkentgaz” korxonasi bilan shartnoma tuzgan.
Lekin u boshqa yo‘llar bilan ham gaz ta'minotiga ulanib, davlat manfaatlariga zarar keltirgan. Tekshiruv chog‘ida bu zarar miqdori 65.731 mln so‘mni tashkil qilishi aniqlangan.
Sud qarori bilan fermer gaz idorasiga yetkazgan zararni qoplab berdi.

Top