18:17 / 19.10.2015
3808

Rossiya samolyotlari “Jabhat an-Nusra”ning qo‘mondonlik punktini yo‘q qildi

Rossiya aviaguruhi bombardimonchilari Suriyaning Idlib viloyatidagi hujumlar chog‘ida “Jabhat an-Nusra” tashkilotining qo‘mondonlik punktini yo‘q qildi. Bu haqda Rossiya mudofaa vazirligi rasmiy vakili Igor Konashenkov bayonot berdi.

“Idlib viloyatidagi al-As tumanidagi havo tadbiri chog‘ida Rossiya uchuvchisiz vositalari “Jabhat an-Nusra” guruhi otryadlarining yashirin qo‘mondonlik punktini aniqladi. Aviabomba qo‘llanishi natijasida terrorchilar punkti va uning yaqinida joylashgan, ZU-23 zenit uskunalari bilan jihozlangan ikkita yuk avtomobili yo‘q qilindi”, - uning so‘zlarini keltiradi TASS agentligi.

Top