02:03 / 19.10.2015
2885

Shveytsariya xalq partiyasi parlament saylovlarida yetakchilik qilmoqda

Shveytsariya xalq partiyasi 18 oktabrda Shveytsariyada bo‘lib o‘tgan parlament saylovlarida yetakchilik qilmoqda. Bundan saylovning oraliq natijalari va so‘rovnomalarga asoslangan prognozlar darak bermoqda.

Shundoq ham parlamentda ko‘pchilikka (54 ta o‘rin) ega bo‘lgan partiya o‘z raqiblaridan Argau, Sankt-Gallen i Fribur kantonlarida qo‘shimcha o‘rinlarni yutib olib, yanada kuchayadigan bo‘ldi. 2011 yilda unga 26,6 foiz ovoz berilgan bo‘lsa, joriy saylovlarda, prognozlarga ko‘ra, 30 foizga yaqin ovoz beriladi.

Saylovlarni onlayn-tartibda yorituvchi Tribune de Genev gazetasining prognoz qilishicha, partiya 2011 yildagiga nisbatan 10 o‘rin ko‘proq oladi.

Siyosatshunoslar Shveytsariya xalq partiyasining bunday keskin oldinga chiqishi sababi sifatida Yevropadagi migratsion inqirozni keltirmoqdalar – partiya immigratsiyani cheklashni yoqlab chiqmoqda.

200 o‘rindan iborat Shveytsariya Milliy kengashiga saylovlarning yakuniy natijalari yarimtunga yaqin, Kantonlar kengashiga (46 ta o‘rin) saylovlar natijalari esa noyabrda ma'lum bo‘ladi, chunki bir qator kantonlarda ikkinchi tur saylovlar o‘tkazish talab etilishi mumkin.

Top