06:45 / 20.10.2015
3754

“Jit zdorovo!” ko‘rsatuvi boshlovchisi Yelena Malisheva klinika ochmoqda

Rossiya televideniyesida efirga uzatiladigan “Jit zdorovo!” ko‘rsatuvi boshlovchisi Yelena Malisheva yil oxirigacha Moskvada o‘z brendi ostida klinika ochadi, deb xabar bermoqda o‘z manbalariga iqtibos keltirgan holda Vademecum tibbiy nashri.    

Yangi klinikada parhezshunoslik, og‘riqni davolash va tashxis qo‘yish ishlari amalga oshiriladi. Qayd etilishicha, bu loyihaning hozircha ikki investori bor – Malishevaning o‘zi va AQShlik tadbirkor Dmitriy SHCHiglik.

Ma'lum qilinishicha, markaz jamoasiga Malishevaga ko‘rsatuvni olib borishda yordam beradigan shifokorlar kiradi. AQShda faoliyat yurituvchi professor-anesteziolog Mark Galperin klinikaning yuzi bo‘ladi.  

“Afsuski, Rossiyada og‘riqni davolash hozirda hech qancha rivojlanmagan. G‘oya shundan iboratki, men AQShdagi amaliyotimda foydalanadigan texnologiyalarni klinikada tatbiq etmoqchiman, ulardan rossiyalik bemorlar foydalanishlariga imkon yaratmoqchiman”, deb aytmoqda Galperin.    

Yelena Malisheva Rossiyaning Birinchi kanalida 1990-yillarning oxirlaridan “Zdorove” ko‘rsatuvini olib borgan, 2010 yildan esa “Jit zdorovo!” ko‘rsatuvini olib boradi. U isroillik kardiolog German Gandelman, nevrolog va manual terapevt Dmitriy Shubin hamda pediatr va immunolog Andrey Prodeusni o‘ziga yordamchi boshlovchilar sifatida taklif etgan.      

Top