19:00 / 20.10.2015
2773

2015 yilda Gretsiyaga dengiz orqali 500 ming muhojir kelganligi aytilmoqda

Dengiz orqali Gretsiyaga kelayotgan muhojirlar soni ortib bormoqda.bugunga kelib ularning soni 500 mingga yetdi. Bu haqda BMTning muhojirlar masalasi bo‘yicha rasmiy vakili Melissa Fleming xabar bermoqda.

"Biz bu narsa nimaga olib borishini bilmaymiz", deb ta'kidlagan Fleming.
Uning ma'lumotlariga ko‘ra, ayni damda Gretsiya va Turkiya chegarasida 27,5 ming nafar muhojir bo‘lib,ular har qanday yo‘l bilan Yevropaga o‘tishga tayyor.

Top