08:17 / 20.10.2015
2848

BAA terma jamoasi futbolchisi bosh murabbiyni tanqid qilgani uchun 3 oyga qamaldi

BAA terma jamoasi futbolchisi Abdulla Qosim uch oylik qamoq jazosiga hukm qilindi. Bunga futbolchi BAA terma jamoasi bosh murabbiyi Mahdi Alini tanqid qilgani sabab bo‘lgan.

Abdulla Qosim BAA terma jamoasining navbatdagi yig‘iniga chaqirilmagani haqida eshitgach, murabbiyni haqorat qilgan. Uning so‘zlari videotasvirga tushirilgan. Natijada BAA sudi tomonidan Abdulla Qosim va uni tasvirga olgan odam texnik vositalardan boshqalarni haqorat qilishda foydalanish va ushbu tasvirni internetga joylash orqali odobga zid harakat qilishda ayblangan.

Abdulla Qosim va uning sherigi shuningdek o‘z klublari mashg‘ulotidan ham chetlatilgan. Futbolchining advokati tomonidan aytilishicha, video Qosimning ruxsatisiz internetga joylangan.

BAA terma jamoasi bosh murabbiyi Mahdi Ali esa unga qarshi hech qanday da'vo bildirmagandi.

Top