12:08 / 20.10.2015
3698

Feysbukda Toshkent hayvonot bog‘ining rasmiy sahifasi ishga tushdi

16 oktabrdan Feysbuk ijtimoiy tarmog‘ida Toshkent hayvonot bog‘ining rasmiy sahifasi paydo bo‘ldi.

Sahifada hayvonot bog‘ining manzili, ish vaqti hamda bog‘lanish uchun telefon raqamlari qayd qilingan.

Shuningdek, unda jonivorlar haqidagi ma'lumotlar suratlari bilan birga e'lon qilib boriladi.

Foydalanuvchilar sahifada o‘z fikr-mulohazalarini yozib qoldirish yoki tashkilot xodimlariga xabar yuborishlari mumkin.

Top